AGAGMK - OKMK | Rasmiy kanal
«Olmaliq KMK» AJ
O'zbekiston, Toshkent vil., Olmaliq sh. A.Temur, 53 uy.
E-mail: info@agmk.uz
веб-сайт: www.agmk.uz
www.facebook.com/agmkofficial
https://t.me/ao_agmk
https://www.instagram.com/agmkofficial
Ishonch telefoni: 71 61 9 23 33
@agmk_bot
КатегорияOtherЯзыкRUДобавлен06 июл. 2026 г.КачествоПроверен
Подписчики28.1K
Сред. просмотры4.9K
ERR17.3%
Цена-- RUB
Цена / подписчик--
Цена / просмотр--
Метрики обновлены: 15 нояб. 2026 г.
Последние посты
OKMK YOSHLARI PARLAMENT FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Joriy yilning 13-noyabr kuni OKMK Yoshlar ittifoqi kengashi tashabbusi bilan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda faoliyat yuritayotgan istiqbolli yosh kadrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, parlament faoliyati va siyosiy jarayonlar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, ularning fuqarolik pozitsiyasi hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar, qonun ijodkorligi jarayonlari, parlamentning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga deputatlardan batafsil javoblar oldilar.
Shuningdek, ishtirokchilar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining muzeyi va kutubxonalari bilan tanishib, parlament faoliyati tarixi, qonunchilik sohasiga oid manbalar hamda muhim tarixiy ma’lumotlar haqidagi bilimlarini boyitdilar.
Mazkur tashrif yoshlar uchun nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, mamlakatimizdagi siyosiy-huquqiy jarayonlarni chuqurroq anglash va dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, ularning kelgusi faoliyatida tashabbuskorlik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.
Zero, huquqiy bilimli, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmagan yoshlar — yurtimiz kelajagining mustahkam poydevoridir!
📱Web-site|📱YouTube|📱Facebook|📱Telegram|📱Instagram|📱 X