Nega aynan PureMilky? 🥛 ✅ PureMilky bosh direktori Abdullayev Baxodur ushbu savolga bitta fakt bilan javob berdilar — va bu javob hammaga kerakli. Sigirning yemidan tortib, ferma, ishlab chiqarish va yetkazib berishgacha — butun ekotizim o'zimizning nazoratimizda. Bu shunchaki biznes emas. Bu — xalqimizga yetib boruvchi har bir mahsulotga bo'lgan mas'uliyat. Bugundan boshlab ushbu ekotizimning har bir bosqichini yoritib boramiz. 👀 💬 Qiziq bo'lsa — kommentariyaga yozib keting. Hammasini ko'rsatib beramiz.
PuPure Milky
💚 Мы Вас любим также сильно, как и Вы нас!
Полезная и вкусная продукция 24/7/365
📱98 180 66 55
www.puremilky.uz
КатегорияOtherЯзыкRUДобавлен06 июл. 2026 г.КачествоПроверен
Подписчики2.4K
Сред. просмотры398.1K
ERR319.0%
Цена-- RUB
Цена / подписчик--
Цена / просмотр--
Метрики обновлены: 06 июл. 2026 г.
Последние посты
🥪 10 daqiqada tayyor bo'ladigan, pishlogʻi yaxshigina cho'ziluvchi brusketta Qarsildoq non, xushbo'y pesto sousi va ideal darajada eriydigan Mozzarella... Tayyorlanishi juda oson, lekin ko'rinishi va ta'mi restorandagidan umuman qolishmaydi. 🛒 Nimalar kerak? Baget noni PureMilky Mozzarella pishlog'i (aynan u issiqda zo'r eriydi va cho'ziladi 🧀 ) Pomidor Sous uchun: ismaloq, rayhon, sarimsoq, kedr yong'og'i, zaytun yog'i va biroz pishloq. 👩🍳 Tayyorlanish jarayoni: Sous masalliqlari blenderda silliq pyure qilinadi. Baget ikkiga bo'linib, ustiga sous qalin qilib surtiladi. Pomidor va yirik kesilgan PureMilky Mozzarella bo'laklari terib chiqiladi. Ustiga ozgina tuz, murch sepib, duxovkada pishloqlar to'liq eriguncha pishiriladi. Issiqligida bo'laklarga bo'lganda Mozzarella shunday zo'r cho'ziladiki... Buni ta'riflash emas, albatta tatib ko'rish kerak. 👇 Videoni saqlab oling va dam olish kunlari yaqinlaringizni xursand qiling. @puremilky_official
🌞 Okroshkani suvsiz tayyorlaymiz Jazirama kunlarda hammamiz muzdek okroshka izlaymiz. Lekin unga oddiy qaynagan yoki gazlangan suv qo'shilsa, okrashkaning ta'mi oʻzgarib qoladi. Buning uchun bizga suv emas, balki yaxshilab sovutilgan, tiniq go'sht sho'rvasi hamda unga o'zgacha mayinlik baxsh etuvchi PureMilky qatig'i yordamga keladi. 🛒 Masalliqlar: Qaynatilgan go'sht (sho'rvasi bilan birga kerak bo'ladi) Bodring, pishgan kartoshka va tuxum Quyuqlashtirish uchun biroz suzma PureMilky qatig'i (3%) Tuz, murch va lavr bargi Dasturxonga tortishda: qarsildoq suxariklar 👩🍳 Tayyorlanishi: Go'shtni pishirish jarayonida qozonga odatdagidan ko'proq suv soling. Qatiq qo'shilganda ta'm yo'qolmasligi uchun sho'rvaning tuzini ham biroz balandroq qiling. Xushbo'y hid berishi uchun lavr bargi va murch qo'shish yoddan chiqmasin. Go'sht pishgach, uning sho'rvasini mayda to'rdan (sitadan) bir necha marta o'tkazib, tiniq holatga keltiring. Keyin uni muzlatgichga qo'yib, yaxshilab soviting. Qolgan barcha masalliqlarni mayda va bir xil to'rtburchak qilib to'g'rab chiqing. Chuqurroq idishda to'g'ralgan mahsulotlarni jamlab, ustiga suzma va yog'lilik darajasi ayni muddao bo'lgan PureMilky qatig'ini quying. Va eng asosiysi — massaning ustidan o'sha biz tayyorlagan muzdek go'sht sho'rvasini quyib, hammayog'ini aralashtirib yuboring. Natijada juda to'yimli, quyuq va o'ta mazali okroshka tayyor bo'ladi. Idishlarga solib, ustiga qarsildoq suxariklardan sepib yesangiz — yozning eng zo'r taomini tatib ko'rgan bo'lasiz. #okrashka @puremilky_official
🍰 Og‘izda eriydigan zapekanka tayyorlaymiz Uy sharoitida tvorogli shirinliklar (zapekanka) tayyorlaganda ko'pincha qattiq bo'lib qolishi yoki ishib, yana darhol pasayib ketishidan xavotir olasizmi? Buning siri juda oddiy: tuxum oqini alohida beze holatiga keltirish va albatta, sifatli PureMilky mahsulotlaridan foydalanish. 🛒 Masalliqlar: PureMilky tabiiy tvorogi — 400 gr PureMilky smetanasi (20%) — 2-3 osh qoshiq Tuxum — 3-4 ta (sarig‘i va oqi ajratiladi) Shakar — 3-4 osh qoshiq (ta'bga ko'ra) Jo'xori kraxmali — 2 osh qoshiq Limon po‘stlog‘i (sedrasi) — ozgina Tuz — bir chimdim Ustiga bezash uchun: olcha, quyultirilgan sut va qulupnay 👩🍳 Tayyorlanishi: Katta idishga PureMilky tvorogi, limon sedrasi, 20% li smetana, tuxum sarig'i va jo'xori kraxmalini solib, blender yordamida bir xil silliq krem holatiga kelguncha ezamiz. Alohida idishda tuxum oqiga bir chimdim tuz qo‘shib ko'pirtirishni boshlaymiz. Ko'pik bo'lishni boshlagach, shakarni oz-ozdan qo'shib, mikserda oppoq va qattiq beze bo‘lguncha ko‘pirtiramiz. Tayyor bezeni tvorogli massaga 2 qismga bo'lib solamiz va lopatka yordamida pastdan tepaga qarab ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz (shunda xamir o'z havodorligini yo'qotmaydi). Qolipga pergament qog‘oz to‘shab, massani quyamiz va tekislaymiz. Ustiga danagi olingan olchalarni terib chiqamiz. 180°C darajagacha qizdirilgan duxovkada taxminan 50 daqiqa davomida tilla rangga kirguncha pishiramiz. Tayyor shirinlikni biroz sovitib, ustiga quyultirilgan sut (sugushonka) quyamiz va qulupnay bilan bezatib, dasturxonga tortamiz. Bu shirinlikni tatib ko'rganlar sizdan albatta retseptini so'rashi aniq! 😉 😎 Videoni shirinliksevar yaqinlaringizga yuborib qo‘ying, dam olish kunlari oila aʼzolarini xursand qilishsin. #shirinlik #zapekanka @puremilky_official
🏃♂️ PureMilky jamoasi "Zaamin Ultra"da ⛰ 🔥 Dam olish kunlari Zomin tog'larida bo'lib o'tgan yirik xalqaro marafonda katta jamoamiz bilan qatnashib, haqiqiy drayvni his qildik. 😇 Sog'lom va faol turmush tarzi — bizning asosiy qadriyatlarimizdan. Biz nafaqat sifatli sut mahsulotlari bilan sog'lig'ingiz haqida qayg'uramiz, balki mana shunday ajoyib loyihalarda ishtirok etib, barchani harakatga chorlaymiz. 📹 Videoda jamoamizning ko'tarinki kayfiyati, marafonning qaynoq lahzalari va qulupnayli sirok va bananli yogurtimizni koʻrishingiz mumkin 😅 @puremilky_official