"Маърифат" тарғиботчилар жамияти

@marifat_jamiyatiVerifiedLive API

"Маърифат" тарғиботчилар жамияти расмий telegram-канали!

CategoryOtherLanguageRUFirst seenJul 06, 2026QualityVerified
Open in Telegram
Subscribers6.2K
Avg views2.1M
ERR2.1%
Price-- RUB
Price / subscriber--
Price / view--
Metrics updated: Jul 06, 2026
Recent posts
#Samarqand Mahallalardagi faol hojilar “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zoligiga qabul qilindi 🔴 Samarqand shahrida “Mahalla – ma’naviy makon” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi va fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi. ✅ Seminar yakunida mahallalardagi faol hojilar “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zoligiga qabul qilindi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari faol ishtiroki uchun taqdirlanib, bunday uchrashuvlar mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. ✍️ Seminar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etildi. ✅ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram| Instagram| Facebook| veb-sayt | YouTube
113Jul 6
#Tavsiya_etamiz 📚 Pedagogika fanlari nomzoi, dotsent, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Xurshid Qurbonov Li Mun Yolning yoshlar tarbiyasi uchun muhim va ustoz-shogird an’analari aks etgan "Oltin qanotli qush" asarini mutolaa qilishni tavsiya etdi. ✍️ Olimning fikricha, ushbu asarni o'qigan kitobxon bevosita ustozni hurmat qilish, e'zozlash tushunchalarini chuqur anglab yetadi. Kitobda ustozning bilim berishdagi mas’uliyati, shogirdning esa izlanish va anglash yo‘lidagi ichki kurashlari badiiy va ta’sirchan tarzda tasvirlangan. Asar orqali inson kamolotida ustozning o‘rni, shuningdek, mustaqil fikrlash va haqiqatni izlash jarayoni ochib beriladi. ✅ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram| Instagram| Facebook| veb-sayt | YouTube
98Jul 6
🛑 🛑 🛑 🇺🇿 Samarqand shahrida “Mahalla – ma’naviy makon” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda 🔹 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Oliy majlis huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida Samarqand shahrida “Mahalla – ma’naviy makon” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. ✅ Tadbir mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik va yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, jamiyatda ma’naviy barqarorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi. 🔸 Seminar-treningda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Xusanov, sotsiologiya fanlari doktori, professor Mansur Bekmurodov, yuridik fanlari doktori, professor Mirodiljon Baratov hamda falsafa fanlari doktori Shaxlo Ahrorova ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqda. Uchrashuv davomida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, aholi, ayniqsa, yoshlar bilan ishlashning zamonaviy va samarali usullari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, hududlarda to‘plangan ilg‘or tajribalar muhokama qilinib, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar bildirildi. Seminar-trening ishtirokchilari bunday uchrashuvlar mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirish, fuqarolar birdamligini mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Seminar so’ngida mahallardagi xojilar mahallarga ma’naviy ko’makchi sifatida “Marifat” targ’ibotchilqr jamiuati a’zoligiga qabul qilinadi. ✅ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram| Instagram| Facebook| veb-sayt | YouTube
151Jul 6
#OAVda_biz Axborot24 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziya davlatiga qilgan tarixiy tashrifiga munosabat Zulfiya Mo'minova - O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati a'zosi. ✅ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram| Instagram| Facebook| veb-sayt | YouTube
126Jul 6
BRIFING Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi matbuot kotibi Bahora Ahmedova Markaz tomonidan ijro intizomini mustahkamlash, topshiriqlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan tizimli ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. ✅ Bizni kuzatishda davom eting! Telegram| Instagram| Facebook| veb-sayt | YouTube
169Jul 6