UWED Official

@uwed_officialVerifiedLive API

CategoryOtherLanguageRUFirst seenJul 06, 2026QualityVerified
Open in Telegram
Subscribers778
Avg views4.5K
ERR575.8%
Price-- RUB
Price / subscriber--
Price / view--
Metrics updated: Jul 07, 2026
Recent posts
🟦 🟦 🟦 Eslatib o'tamiz! ⚡️ 1-2- kurs talabalari diqqatiga!   ✨ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-81-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq 2026/2027-o‘quv yilida JIDUda ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni boshlandi. 💫 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ta’lim grantlarini ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ijtimoiy faol talabalar o‘rtasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash hamda qo‘shimcha grant taqdim etish tartibi belgilandi. ❗️ Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash hamda qo‘shimcha grantlar taqdim etishda 1- va 2-kursda tahsil olayotgan talabalar talabgor sifatida ishtirok etadi. Talabgorlar o‘z arizalari bilan joriy yil 20-iyulga qadar my.hemis.uz orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi, qo‘shimcha davlat granti ( belgilangan toifadagi talabalar uchun ) bo‘yicha esa GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash mezoniga asosan hisoblanadi. ✔️ Ta’lim grantiga talabgorlarning eng ko‘p to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ball 100 ballni tashkil etadi. Belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi.     🌐 UWED.UZ | | 🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🕊 X | 📱 Facebook | 📺 YouTube
2.9KJul 6
⚡️ Davlat stipendiyalari tanlovining universitet bosqichi yakunlandi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralash bo‘yicha maxsus komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Nizom talablariga muvofiq, nomzodlarning hujjatlari, ilmiy-ijodiy ishlari, maxsus fan imtihonlari hamda suhbat natijalari har tomonlama ko‘rib chiqildi. Komissiya qaroriga ko‘ra:                                                                                                 ☑️ Nomli davlat stipendiyalari (Islom Karimov va Alisher Navoiy) bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan munosib nomzodlar Universitet Akademik kengashi muhokamasiga tavsiya etildi. ☑️ Prezident davlat stipendiyasi bo‘yicha esa joriy o‘quv yilida Nizom talablariga to‘liq javob beradigan munosib nomzodlar aniqlanmaganligi sababli, Akademik kengashga nomzod tavsiya etilmasligi belgilandi. Keyingi bosqichga yo‘llanma olgan barcha iqtidorli talabalarimizga va ularning ilmiy rahbarlariga muvaffaqiyat tilaymiz! 🌐 UWED.UZ | | 🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🕊 X | 📱 Facebook | 📺 YouTube
3.5KJul 6
#Eʼlon #Tanlov 🏆 Startaplar uchun 6 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘llab-quvvatlash dasturlari e’lon qilindi 2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi texnologik startaplar uchun “ President Tech Award ” hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi innovatsion loyihalar uchun “ President AI Award ” tanlovlariga arizalar qabuli boshlandi. “ President Tech Award ” tanlovining umumiy mukofot va investitsiya jamg‘armasi 5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur tanlov doirasida 70 tagacha startap jamoasini qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan. Shuningdek, sun’iy intellekt asosidagi yechimlarni ishlab chiquvchi startaplar uchun “ President AI Award ” tanlovi tashkil etilgan bo‘lib, loyihalar quyidagi beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha qabul qilinadi: ⚫️ davlat boshqaruvi; ⚫️ sanoat va biznes; ⚫️ sog‘liqni saqlash; ⚫️ ta’lim; ⚫️ yashil iqtisodiyot va agrotexnologiyalar. Tanlovda 18 yoshdan katta ishtirokchilardan iborat 3–8 kishilik jamoalar qatnashishi mumkin. Unda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan bir qatorda mamlakat hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ishtirok etish huquqiga ega. “ President AI Award ” tanlovining umumiy investitsiya jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan g‘olib loyiha aniqlanib, jami 15 ta startap investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 📝 Tanlovlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan jamoalar arizalarini awards.gov.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3.9KJul 5
⚡️ Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o’qituvchilari va talabalari!     JIDU Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi  Raimov Sherali Inoyatkulovich ning 23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo‘yicha siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Интеграция Афганистана в политико-экономические процессы в Центральной Азии” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi. ✔️ Mazkur dissertatsiya himoyasiga barchangizni taklif qilamiz! 📆 7-iyul, 2026-yil ⏰ 11:00 📍 JIDU, Conference hall 🌐 UWED.UZ | | 🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🕊 X | 📱 Facebook | 📺 YouTube
4KJul 5
⚡️ JIDU talabasi Olmaotadagi Xalqaro yozgi maktabda ishtirok etdi Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida yoshlar o‘rtasida diplomatik faoliyatni rivojlantirish va targ‘ib etishga qaratilgan Xalqaro yozgi maktab bo‘lib o‘tdi. Qozoq-Amerika universiteti (KAU) tomonidan tashkil etilgan mazkur dasturda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 4-bosqich talabasi Ulzira Bakhytbaeva faol ishtirok etdi. Xalqaro yozgi maktab O‘zbekiston, Qozog‘iston, AQSh, Qirg‘iziston, Malayziya, Gretsiya, Xitoy, Rossiya va Mo‘g‘uliston kabi to‘qqiz mamlakatdan kelgan yosh vakillarni birlashtirdi. 📎 Batafsil ... 🌐 UWED.UZ | | 🕊 Telegram | 📱 Instagram | 🕊 X | 📱 Facebook | 📺 YouTube
4.4KJul 5