Jahon chempionati vaqtida avvaldan shundoq ham minimal darajada tinglaydigan, o‘qiydigan siyosiy yangiliklardan chekindim. Majburlikdan. Yaxshi bo'ldi shu. Oxirgi haftalarda ertalab yo‘lda NPR va mahalliy radioni tinglash odatimni tark etdim, NYT/WSJ kabi nashrlarni umuman o‘qimadim. Tarmoqlarda ham faqat jahon chempionati atrofidagi mavzularni kuzatdim. Ataylab. Faqat ish va jahon chempionati. Hech qanday siyosiy yangilikka ro‘para bo‘lmadim. Miyam dam olgandek, ortiqcha narsaga asabiylashish, o‘ylashga imkoniyat ham bo‘lmadi. Inson miyasida ham memory cheklangan, bo‘lar-bo‘lmas va biz uchun ahamiyatsiz maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash natijasida boshqa samarali vazifalarga joy qolmaydi. Boshqa tomondan jahon chempionati yonimda bo‘layotgani uchun ham turli mamlakatlardan kelgan odamlarni ko‘rib, ular bilan muloqot qilayotgan va qo‘shilib bayram qilayotgan amerikaliklarga nazar tashlab, bir-birining madaniyatini, tilini, urf-odatlarini kashf qilayotgan odamlarni kuzatish, ularning orasida bo‘lish dunyo va insoniyat haqida faqat yaxshi taassurotlarni qoldiradi. Televizorda va tarmoqda urush va yolg‘on tarqatayotgan siyosatchiyu fikr yetakchilari, tarmoqdagi manipulyativ algoritmlar va zulm tarqatuvchi bot-trollar bizga teskari manzarani ko‘rsatsa ham. Germaniyadan kelgan Freddyning sarguzashtlari, Texasni sevib qolgan yaponiyaliklarni, pleyoffga chiqqan kongoliklarni, ko‘chada karaoke aytib raqsga tushayotgan argentinalik, turklarni, shvedlarni, o’yindan keyin formasini almashayotgan ingliz va xorvatlarni ko’rdim. Xyustondagi O’zbekiston o’yiniga borganimizda ikkita begona terma jamoa o‘ynasa ham ko‘chasiga kelgan muxlislarni qo‘llab-quvvatlash uchun ishdan tanaffus olib ko‘chaga chiqqan hamshiralarni ko‘rish, o’t-o’chiruvchilar, politsiya, volontyorlar o’z shaharlariga kelgan mehmonlar jamoasini qo’llab turishi va begona odamlar tilini tushunmasa ham birga bayram qilishini ko’rish dunyo bir tomondan naqadar keng va boshqa tomondan naqadar kichkina ekanligini eslatib turadi. O‘sha gapim, futbol bo‘yicha jahon chempionati bu futboldan ham ancha kattaroq, ahamiyatliroq voqea. Futbol bahonasida insonlar, mamlakatlar tarixi va taqdirini o'rganamiz. Mitti mamlakat Kabo-Verdening go'zal sarguzashti, immigratsiya va diaspora tufayli kuchli o'ynaydigan AQSh va Marokash, LinkedIn orqali terma jamoaga kelib qolgan o'yinchi va murabbiylar, yapon madaniyatini, geografiyasi shu futbol orqali ham kengroq o'rganilmoqda. Avvalambor jahon chempionati insonlar haqida. Bu butun dunyodan yig'ilgan odamlarning bayrami. Insonlar o'z vatanlari uchun qayg’urishlari, bayrog’ini ko’tarib, madhiyasini aytib mamlakatini represent qilish uchun yashashlari va o'z mamlakatlarini shunchalik qattiq sevadilarki, uni qo'llab-quvvatlash uchun butun dunyo bo'ylab sayohat qilib, bir safda turish uchun o’ta qimmat chiptalarni sotib olib, katta pul sarflab, uyda oilasini, ishini tashlab kelishga ham tayyorlar. Men uchun ham O'zbekistonni jahon chempionatida ishtiroki hech natija haqida emas, balki vatan bayrog'i va madhiyasi ostida vatandoshlar bilan jamlanish, g'urur bilan represent qilish, iloji boricha tribunadan yordam berish haqida edi. Futbol bahonasida AQShga O'zbekistondan kelgan va AQShda yashaydigan minglab o'zbekistonliklar yig'ildi, bayram qildi. Ming yildan beri ko'rmagan tanishlar, do'stlar ko'rishdi. Jahon chempionati bu hayot siyosiy yangiliklarsiz, vakolat, ta’sir va kuch uchun barcha narsaga tayyor, kerak bo’lsa vatanini ham sotib yuboradigan, odamlarni o'ldiradigan urushlarni boshlaydigan, nizo chiqaradigan odamlarsiz hayot naqadar go’zal va insonlar naqadar bir-biriga yaqinligi haqida eslatib turadigan voqea. Shu post draftimda ikki haftadan beri yotgandi, shu joyida tugashi kerak edi. Lekin, oxirida rivoyatni baribir harom qilishdi. Siyosatchilar ham "mana senga" deb go'zal bir bayramimizga tiqilib keldi, FIFA esa xunuk illatlarni
ЗаЗаметки экономиста
O'zbek tilida/На русском
Не блогер, не эксперт, не рекламирую, не претендую ни на что.
Связь: @econ_feedback_bot
CategoryOtherLanguageRUFirst seenJul 06, 2026QualityVerified
Subscribers3.4K
Avg views155.6K
ERR367.4%
Price-- RUB
Price / subscriber--
Price / view--
Metrics updated: Jul 06, 2026
Recent posts
Bugun AQSh Oliy Sudi "tuproq huquqi" (birthright citizenship) bo'yicha qaror qabul qilib, ota-onaning immigratsion maqomidan qat'i nazar, AQShda tug'ilgan har bir bolaga avtomatik ravishda fuqarolik beruvchi konstitutsiyaning 14-tuzatishni o'z kuchida qoldirdi.…
250 yil oldin bugun. Britaniya qirolligi ofsaydda. VAR xonada fransuzlar. AQSh mustaqil va erkin. @uzbekonomics
Kabo Verde! Rahmat! Bizga orzu qilishga imkon berdinglar, dunyoni larzaga keltirib jahon chempionini deyarli tiz cho’ktirdingiz. Dovdiratib sarosimaga tushirib qo’yishdiya. Oxirgi sekundgacha taslim bo’lishmadi. Bunaqa hikoya bo’lmagan. Amaldagi jahon chempionati va Yevropa chempioniga 90 minutda yutqazishmadi. Birinchi marotaba jahon chempionatiga chiqqan 500 ming aholi yashaydigan orol. P.S. Argentinada nechta odam infarkt bo’lgan ekan? @uzbekonomics
Goooooooool!!!! Podyom!